Mbappeni charchatib qo‘yishdi
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe jismonan toliqib qolganligidan shikoyat qilmoqda.
- Men o‘zimni mavsum boshida emas, aksincha 60-o‘yinni o‘tkazayotgandek his qilyapman. Odatda Chempionlar ligasining finaligacha etib kelgan futbolchilarga ta’til beriladi. Bizda dam olib, kuchni tiklashimiz uchun vaqt bo‘lmadi, - deydi Mbappe.
Mbappeni shu kunlarda yana bir muhim uchrashuv kutib turibdi. U 28 oktyabr kuni Chempionlar ligasi guruh bosqichining ikkinchi turida “Istanbul Bashakshehir” jamoasiga qarshi maydonga tushishi kerak.

Fikrlar