
Mbappe faqat ikki klub o‘ynatishga qodir
Kilian Mbappening PSJdagi kelajagi haligacha mavhum bo‘lib turibdi. 24 yoshli futbolchi yozda tugaydigan shartnomasini uzaytirish niyati yo‘q.
Shu bois, Mbappe 100 million evro miqdoridagi bonusdan voz kechdi.
Demak, yozda Kilianning bozori qaynaydi. Ma’lumotlarga qaraganda, farntsiyalik forvardni hozircha faqat ikki jamoa olishni rejalashtirmoqda.
“Real” hamon futbolchi uchun asosiy da’vogar hisoblanadi. Madridliklar o‘yinchi erkin agentga aylanishini kutmoqda.
L’Équipe nashrining yozishicha, Kilian uchun kurashda “Qirollik klubi” bilan “Liverpul” raqobatlashishga tayyor. Buning uchun liverpulliklar Muhammad Saloh bo‘yicha “Al-Ittihod”ning taklifini qabul qilishi kifoya.
Saudiyaliklar 31 yoshli to‘purar uchun badal miqdorida 252 million evroga ko‘tardi. Mbappe zda erkin agentga aylanishini inobatga olsak, “Liverpul” Saloh ortidan keladigan pulni frantsiyalik hujumchining maoshi va bonuslariga yo‘naltirishi mumkin.
Fikrlar