Mbappening jarohati haqida ma’lumot berildi

  • 25.09.2023 12:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike “Marsel”ga qarshi uchrashuvda jarohat olib, birinchi bo‘limning o‘zida maydonni tark etgan Kilian Mbappening ahvoli haqida ma’lumot  berdi.

- Mbappening jarohati u qadar jiddiy emas. U og‘riqni his qildi va shu bois o‘ynash oson bo‘lmadi. Maydonni tark etish aqlli qaror edi. Hozir hammasi joyida, jiddiy muammo yo‘q, - dedi Luis Enrike.

PSJ o‘z maydonida o‘tkazilgan uchrashuvda ashaddiy raqibi “Marsel” darvozasiga javobsiz to‘rtta to‘p kiritdi.

Kilian Mbappening o‘rnini egallagan Gonsalu Ramush ikkinchi bo‘limda raqib darvozasini ikki marotaba ishg‘ol qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!