Mbappening kutilmagan qarori PSJni ham, “Real”ni shokka tushirdi

  • 01.09.2023 09:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Kilian Mbappe PSJ bilan shartnomasini uzaytirishga tayyor, deb xabar tarqatdi taniqli jurnalsit Marko Konterio.

Manbaga ko‘ra, 24 yoshli yulduz PSJ bilan o‘zaro kelishuvni parijliklar so‘raganidan 2025 yilgacha emas, balki 2026 yilning yarmigacha uzaytirishni istayapti. Bu PSJ uchun kutilmagan holat bo‘ldi.

Futbolchi talabiga binoan, shartnomani uni 2024 yilning yozida transfer qilish imkonini beruvchi badal summasi kiritiladi.

Mbappening qarori nafaqat PSJ, balki “Real”ni ham hayratga soldi. Madridliklar uni 2024 yilning yozida erkin agent sifatida jamoaga qo‘shilishini kutayotgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!