Mbappening "Real"ga o‘tishi uchun qancha to‘lanadi?

  • 23 fevral, 2024, 19:40
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kilian Mbappening "Real"ga o‘tishi uchun futbolchiga 100 million evrodan ko‘proq summa to‘lanadi. To‘lov 5 yil davomida to‘lanadi. 

Taniqli insayder Fabritsio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, "qirollik klubi" Mbappega bu haqda xabar bergan. Ba’zi manbalar yuqoridagi qiymatning 150 million evro bo‘lishini yozayotgandi. Biroq Romano bu xabarlarni rad etdi. 

Oxirgi xabarlarga ko‘ra, Kilian "qaymoqranglilar" safida Jud Bellingem va Vinisius Junior kabi yulduzlar bilan teng miqdorda maosh oladi. 25 yoshli futbolchi joriy mavsumda PSJ safida 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 32 ta gol va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!