Mbappening "Real"ga o‘tmagani, "Barsa" uchun yaxshi bo‘ldi
"Barselona" hujumchisi Usmon Dembele PSJ hujumchisi Kilian Mbappening "Real"ga o‘tmaganligi va Parij klubida qolishga qaror qilgani haqidagi gapirdi.
“Mbappe PSJda yaxshiroq o‘ynaydi. Menimcha, unga ushbu jamoa juda yoqadi. Chunki bu bizning vatanimiz klubi hisoblanadi.
Kilianning "Real"ga o‘tmagani "Barselona" uchun yaxshi bo‘ldi. U kelajakda “Real”ga o‘tadimi yoki Parijda qoladimi, bilmayman. Biroq shuni ayta olmanki, u Madridga kelgan-da, bizga ko‘p muammo tug‘dirgan bo‘lar edi”, - deya Dembele so‘zlarini keltiradi “Diario Sport” nashri.

Fikrlar