Mbappening rejalari o‘zgarib ketishi mumkin
PSJ hujumchisi Kilian Mbappening kelajak rejalari yaqin vaqtlar ichida o‘zgarib ketishi mumkin, deya xabar bermoqda Daily Mail narshi.
Oldinroq, frantsiyalik futbolchi 2022 yilda erkin agent maqomini olganidan so‘ng "Real" yoki "Liverpul"ga tekinga ko‘chib o‘tishi mumkinligi ma’lum qilingan edi.
Manbaga ko‘ra, ayni damda Mbappe klub bilan shartnomani uzaytirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Yangi kelishuvda hujumchi jamoadoshi Neymardek xaftasiga 600 ming funt maosh olishi ko‘zda tutiladi.
Joriy mavsumda PSJ libosida Mbappe barcha turnirlarda 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 30 ta gol va 17 ta golli uzatmaga muallifilik qildi.

Fikrlar