Mbappening sirini ochmayman!

  • 11 yanvar, 2024, 17:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ prezidenti Nasser Al-Xelaifiy jamoa hujumchisi Kilia Mbappe bilan mavsum oxirida yakunlanadigan shartnomani uzaytirish bo‘yicha kelishuv borligini ma’lum qildi.

Tecno

- Kilian ajoyib futbolchi va yaxshi inson. U avval ta’kidlaganidek, men bilan muayyan kelishuvi bor.

Bu kelishuvning har qanday ma’lumotlari bizning oramizda qoladi va bu sirni ochishni istamayman. Lekin kelishuv borligi aniq. U jentlmenlarga xos narsa va pul bilan bog‘liq emas. Erkakcha kelishuv har qanday hujjatni imzolashdan baland turadi, - dedi Nasser Al-Xelaifiy.

Messi PSJda 2017 yildan beri o‘ynamoqda. Uning amaldagi shartnomasi kelayotgan yozda tugaydi. 25 yoshli futbolchiga “Real” va “Liverpul” da’vogarlik qilyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!