
Mehnatni “Chelsi” qilgan, rohatni raqib ko‘radi!
Angliya futbolining bugungi kundagi eng yorqin o‘yinchilaridan biri deklan Rays “Chelsi” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
Biroq, u professional futbolchi sifatida “Vest Xem”da borladi. “Vest Xem” endi o‘z yulduzining transferidan mo‘may daromad olish imkoniga ega bo‘lmoqda.
Mahoratli yarim himoyachining o‘zi yanvar oyida yoki uzog‘i bilan yozgi transferlar vaqtida kuchliroq klubga o‘tmoqchi.
Raysga asosiy da’vogarlar sifatida “Manchester Siti” va “Manchester Yunayted” tilga olinmoqda. “Chelsi” ham o‘z tarbiyalanuvchisini qaytarishga qarshi emas.
Bu futbolchini o‘z safida ko‘rishni istayotganlar “Vest Xem”ga 100 million funt atrofida badal puli to‘lashi kerak bo‘ladi.
Fikrlar