Meksikada 16 yoshli vunderkind paydo bo‘ldi. Uni 6 superklub talashyapti
Meksikaning “Tixuana” jamoasida yangi iste’dod sohibi porlay boshladi. 16 yoshli Xilberto Morani Evropaning bir qator grand klublari o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Hujumkor futbolchi yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida yorqin o‘yinlari bilan muxlisu mutaxassislar e’tiboriga tushdi. Meksika milliy terma jamoasi murabbiy shtabi iyun oyidayoq Morani yig‘inga chaqirib, mamlakat bosh jamoasi uchun o‘ynatishga ham ulgurdi.
Sport nashrining yozishicha, Xilberto Moraga “Real”, “Barselona”, “Arsenal”, “Chelsi”, “Manchester Siti” va “Pari Sen-Jerman” kabi qadratli klublar ko‘z tikmoqda.
Ayni paytda Transfermarkt portali yosh futbolchini 4,5 million evroga baholamoqda.
Xilberto Mora “Tixuana” klubi safida yangi mavsumda Meksika chempionatida sakkizta uchrashuvda maydonga tushib, uchta gol va bitta assist muallifi bo‘ldi.



Fikrlar