Men borsam, Neymar ketadi!
“Real” bilan ham futbolchi, ham murabbiy sifatida katta yutuqlarni qo‘lga kiritgan Zinedin Zidan PSJni boshqarishga rozilik bergani haqida xabarlar tarqatildi.
Todofichajes nashrining ma’lum qilishicha, frantsiyalik mutaxassis parijliklarga bir necha talablarni qo‘ygan.
Xususan, Zidan braziliyalik yulduz Neymarni yozda sotib yuborishni so‘rayapti. 50 yoshli mutaxassis uning o‘rniga “barselona”dan Usmon Dembeleni olib kelish shartligini ta’kidlagan.
Neymar 2017 yildan beri PSJ o‘yinchisi hisoblanadi. Parijliklar uni “Barselona”dan 222 million evroga xarid qilgan. Bu rekord summa hisoblanadi. Futbolchining shartnomasi 2025 yilning yarmigacha tuzilgan.

Fikrlar