
Men ketaman, kutishga vaqtim yo‘q!
“Manchester Yunayted”ning tajribali pleymeykeri Xuan Mata yanvarda boshqa jamoaga o‘tishga qaror qildi.
Ispaniyalik tajribali futbolchi keyingi paytda etarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayapti. U uzoq vaqt imkoniyat berilishini kutmoqchi emas. Shu bois, klub rahbariyatidan qishki transferlar vaqtida uni qo‘yib yuborishlarini so‘radi.
33 yoshli Mataning klub bilan shartnomasi mavsum oxirida yakunlanadi. Biroq, u tezroq ketishni istayapti.
“Manchester Yunayted” mutasaddilari esa tajribali futbolchi uchun yaxshiroq kompensatsiya to‘lansa, uni qo‘yib yuborishga tayyor.
Fikrlar