
Men “Manchester Yunayted”ning yangi yulduziman!
“Benfika” hujumchisi Darvin Nunes yozda “Manchester Yunayted”ga ko‘chib o‘tishni intizorlik bilan kutmoqda.
Urugvaylik futbolchi manchesterliklar safida yangi yulduz sifatida jamoani g‘alabalar sari etaklashiga ishonmoqda. Bunga erishish uchun Nunes o‘z agentini almashtirdi va yangi vakiliga o‘zini yangi darajaga olib chiqish vazifasini yukladi.
Aslida Nunes Manchesterning har ikki klubidan biriga o‘tishni istayapti. Xosep Gvardiola yaqinda “River Pleyt”dan Xulian Alvaresni olgani va Erling Xoland uchun kurashayotganini inobatga olgan Darvinga “Yunayted” varianti maqbul ko‘rinmoqda.
Nunes joriy mavsumda sermahsul o‘yin ko‘rsatmoqda. Portugaliya chempionatida 22 ta uchrashuvda raqiblar darvozasini 20 marotaba ishg‘ol qilgan 22 yoshli to‘purar Evropa Chempionlar ligasida ham to‘rtta to‘p kiritib, “Benfika”ni chorak finalga chiqishiga katta hissa qo‘shdi.
Fikrlar