
Mendesh “Real” yulduzini “Barsa”ga joylamoqchi
“Barselona” o‘z safiga ashaddiy raqib – “Real” yarim himoyachisi Marko Asensioni qo‘shib olmoqchi.
27 yoshli futbolchining madridliklar bilan amaldagi shartnomasi mavsum oxirida yakunlanadi. Diario Sport nashrining ma’lum qilishicha, kataloniyaliklar yozda uni erkin agent maqomida jamoaga qo‘shish uchun hozirdan uning agenti Jorje Mendesh bilan muzokara olib bormoqda.
Aslida Jorje Mendeshning o‘zi mijozi xizmatlarini Angliya Premer-ligasining bir necha klublari qatorida “Barselona”ga ham taklif qilgandi.
Manbalarning ta’kidlashicha, “Barsa” prezidenti Joan Laporta bilan do‘stona aloqaga egaligidan foydalanib, Jorje Mendesh Asensioni Kataloniya klubiga joylashga harakat qilmoqda.
“Real” ham o‘z futbolchini olib qolish maqsadida unga yangi shartnoma bergan. Biroq, unda ko‘rsatilgan shartlar Asensioga ma’qul kelgani yo‘q.
Fikrlar