Mendesh: Ronalduni shu jamoaga joylashim aniq!

  • 23 iyul, 2022, 11:47
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu faoliyatini “Atletiko”da davom ettirishi mumkin.

El Larguero nashrining ta’kidlashicha, portugaliyalik yulduzning uddaburon agenti Jorje Mendesh o‘z mijozini Diego Simeone jamoasiga joylashga amin ekanini uqtirgan.

Ronaldu hozircha, manchesterliklarning mashg‘ulotiga qo‘shilgani yo‘q. Mutaxassislar mashg‘ur yulduz agentidan yangilik kutmoqda.

Jahon futboli tarixida eng ko‘p gol urgan futbolchi faoliyatini Chempionlar ligasida qatnashadigan klublardan birida davom ettirishni istayapti. Biroq, katta maosh oladigan 37 yoshli hujumchiga jamoa topish qiyin kechmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!