
Menga Messi kerakmas!
“Manchester Siti” etakchisi Kevin de Bryuyne Lionel Messining jamoaga kelishi haqidagi savollarga javob qaytardi.
- To‘g‘risini aytsam, menga umuman farqi yo‘q. Messi kelsa yaxshi, kelmasa bizga kerak emas. Jamoamizda yaxshi futbolchilar ko‘p va ular bilan o‘ynash menga yoqyapti, - dedi Kevin de Bryuyne.
Agar “Barselona” Messini yangi shartnomaga ko‘ndira olmasa, argentinalik hujumchi qishki transferlar davrida boshqa jamoaga o‘tish huquqiga ega bo‘ladi. “Manchester Siti” rahbariyati esa, agar imkon topilsa, Messini o‘z tarkibiga qo‘shib olishga tayyor ekanini bildirdi.
Fikrlar