
Menga Ronalduni bering va...
“Uotford”ni boshqarayotgan Klaudio Raneri “Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronalduni maqtadi.
Krishtianu dunyodagi eng zo‘r futbolchilardan biri. Ko‘p yoshlar uni hurmat qiladi. Menga Ronalduni bering. Krishtianuda hech qanday muammo bo‘lmaydi, men uni o‘zi istagancha o‘ynataman, - dedi Klaudi Raneri.
Krishtianu Ronaldu “Manchester Yunayted”ga qaytganidan beri Angliya premer-ligasida sakkizta uchrashuv o‘tkazib, raqiblar darvozasini to‘rt marotaba ishg‘ol qildi.
Portugaliyalik hujumchi Ule-Gunnar Sulsher boshqaruvidagi jamoa yuqori o‘rinlar uchun kurasha olmayotganidan norozi bo‘lmoqda va manchesterliklar mavsum yakunida kuchli to‘rtlikka kira olmasa, klubni tark etishini bildiryapti.
Fikrlar