"Meni sotib olishni istasang, aytganlarimni qilishga majbursan"

  • 7 yanvar, 2023, 12:15
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Fichajes"ning ma’lum qilishicha, Kilian Mbappe 2024 yilda klubini o‘zgartirishga tayyor. Frantsiyalik futbolchi "Real Madrid"ga o‘z talablarini yubordi.

Xususan, futbolchi bo‘lajak jamoasining transferlar siyosatiga kuchli ta’sir o‘tkazmoqchi. Mbappe "qirollik klubi"ni ikki qanot himoyachilari Ashraf Hakimi va Teo Ernandes bilan shartnoma imzolashga ko‘ndiradi. Hakimi Mbappening PSJdagi sherigi bo‘lsa, Ernandes Kilian bilan Frantsiya terma jamoasida yaxshi o‘zaro yaxshi munosabatga ega.

Oldinroq "Real" Mbappe transferi uchun jami bir milliard evro sarflashi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!