Merab Dvalishvili va Umar Nurmagomedov "UFC 311" turniridan qancha gonorar oladi?

  • 18 yanvar, 13:26
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, 19 yanvar tongida (O‘zbekiston vaqti bilan) AQSh ning Los-Andjelas shahrida "UFC 311" turniri bo‘lib o‘tadi.

Tecno

Musobaqaning co-main event jangida amaldagi chempion Merab Dvalishvili (18-4) va rossiyalik Umar Nurmagomedov (18-0) o‘zaro to‘qnash keladi. Ushbu jangchilarning mazkur turnirda qancha gonorar olishi ma’lum bo‘ldi. Unga ko‘ra, gruziyalik sportchi 600 ming dollar, “Yosh burgut” esa 300 ming dollarga yaqin pul olishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Dvalishvili hozirga qadar UFC da 11 ta, Umar esa 6 ta ketma-ket g‘alabaga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!