
"Mersedes" direktori: "Etakchilar orasidagi raqobat juda yuqori"
“Mersedes” ijrochi direktori Toto Volff jamoaning hozirgi holati va uning kelgusi musobaqalardagi taxminlari haqida o‘z fikri bilan o‘rtoqlashdi.
“Monakodagi poyga biz uchun dalda bo‘ldi. Biz mashinani yangilashda davom etdik, tempimizni yaxshiladik va etakchilarga yaqinlashdik. Hozircha bu o‘sish trekdagi pozitsiyalarda o‘z aksini topmayapti, ammo etakchi jamoalar bilan farqni yo‘qotishda davom etsak, bu ham vaqt o‘tishi bilan sodir bo‘ladi.
Kanada Grand-Prisida bizning ikkala haydovchimiz old qanotning yangilangan versiyasini olishadi va bizda boshqa yangi qismlar ham bo‘ladi. Bu tor trassada aylanana vaqtini biroz yaxshilashga yordam berishi kerak.
Shu bilan birga, etakchilar guruhida raqobat darajasi juda yuqori. Biz va qolgan jamoalar tezroq kuchayishga harakat qilamiz", - dedi Toto Volff.
Fikrlar