
Messi - 2022 yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi!
The Guardian talqini bo‘yicha Lionel Messi 2022 yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Aytish kerakki, nashrning 2021 yilgi reytingida Argentina terma jamoasi va PSJ hujumchisi 2-o‘rinni egallagan edi.
PSJ klubi hamda Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe esa 2022 yilgi reytingda 2-o‘rinda qayd etildi. “Real” hujumchisi Karim Benzema esa kuchli uchlikni yakunlab berdi.
4-o‘rinda Erling Xoland («Manchester Siti») va 5-o‘rinda - 37 yoshli Luka Modrich («Real») joy oldi.
Kuchli 10 talikda, shuningdek, Kevin de Bryuyne (6-o‘rin, “Manchester Siti”), Robert Levandovski (7-o‘rin, “Barselona”), Vinisius Junior, Tibo Kurtua (8 va 9-o‘rin, ikkalasi ham – “Real”) va Muhammad Saloh (10-o‘rin, “Liverpul”) qayd etildi.
Fikrlar