Messi 2026 yilgi Jahon chempionatida qatnashish bo‘yicha bir qarorga kelmayapti

  • 28.08.2025 15:08
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Inter Mayami"ning 38 yoshli hujumchisi Lionel Messi hali 2026 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etish bo‘yicha yakuniy qarorga kelgani yo‘q.

"Ole" jurnalistlarining ma’lumotiga ko‘ra, futbol afsonasi mundialga borishiga hech qanday kafolat bermayapti. Messi uzoqni o‘ylamayapti va hozirda bor e’tiborini JCh-2026 saralash bosqichi doirasida Venesuelaga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yinga qaratgan. Raqiblar 5 sentyabr kuni to‘qnash kelishadi.

"Leo qachon qaror qabul qilishni lozim topsa, shunda qabul qiladi", - deya izoh berishdi futbolchini qurshab olganlar.

Eslatib o‘tamiz, Argentina amaldagi jahon chempioni hisoblanadi. 2022 yilgi Qatardagi mundialda ular Frantsiyani penaltilar seriyasida mag‘lub etishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!