Messi 3 yillik shartnomaga imzo chekdi
Argentina MTJ va PSJ klubi yulduzi Lionel Messi "Socios.com" blokcheyn platformasi bilan shartnoma imzoladi.
Dastlabki bitim 3 yilga mo‘ljallangan. Biroq hujjatda uni uzaytirish bandi ham bo‘lishi mumkin. Katta ehtimol bilan, Leo brendning rasmiy elchisiga aylanadi.
"Reuters" nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, bu hamkorlik Messiga 20 million dollardan ko‘proq daromad keltirishi kutilmoqda.
34 yoshli futbolchi joriy mavsum parijliklar tarkibida 26 uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 7 gol va 11 assistni yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar