Messi ancha qiynalib qolibdi

  • 26 iyun, 2023, 09:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bundan keyingi faoliyatini “Inter Mayami” jamoasida davom ettiradigan Lionel Messi ikki yil muqaddam nega PSJga ko‘chib o‘tganiga izoh berdi.

Tecno

- Men PSJga bu klubni yoqtirganim, u erda do‘stlarim va avval mening yo‘lim kesishgan tanishlarim bo‘lgani uchun ko‘chib o‘tgandim. Bu jamoaga moslashishim oson kechadi, deb o‘ylovdim. Shu bois, Parij klubini tanladim.

Haqiqat shuki, moslashish jarayoni men kutganimdan ancha qiyin kechdi. O‘zgarishlarga ko‘nikish oson emas. Qo‘shimchasiga men mavsumoldi tayyorgarlik yig‘inlarida qatnashmagan edim. O‘zim va oilam yangi shaharga moslashishimizga to‘g‘ri keldi. Bu juda og‘ir kechdi, - dedi Lionel Messi.

Messi PSJdan “Barselona”ga ko‘chib o‘tishni istagandi. Lekin kataloniyaliklar moliyaviy inqiroz tufayli bu transferni amalga oshirish echimini topa olmadi. Endi Messi AQSh chempionatida to‘p tepadigan bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!