
Messi AQShdan uy sotib oldi
“Barselona” klubi forvardi Lionel Messi AQShning Florida shtatidan ko‘chmas mulk sotib oldi.
Realtor nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 32 yoshli argentinalik futbol yulduzi Mayami shahrining Sanni Ayls Bich tumanidan 5 mln dollarga kvartira xarid qilgan. Ushbu xonadon turar joy majmuasida jami 132 ta kvartira mavjud bo‘lib, Leoning yangi kvartirasi 47-qavatda joylashgan.
Eslatib o‘tamiz, Messi yaqinda faoliyatidagi oltinchi “Oltin to‘p”ni qabul qilib oldi. U joriy mavsum “Barselona” safida 10 ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 12 ta gol hamda 5 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar