Messi Argentina uchun mutlaq rekord o‘rnatdi
Sakkiz karra "Oltin to‘p" sohibi Lionel Messi Argentina milliy terma jamoasi safida 117-golini urdi. Bu marraga u Islandiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida (3:0) erishdi.
71-daqiqada Messi penaltini aniq ijro etib, hisobni 2:0 yetkazdi. Shu tariqa, 38 yoshli argentinalik yulduz milliy jamoa tarkibida o‘tkazgan 199-o‘yinida 117-golini urdi. Bu Argentina milliy terma jamoasi uchun mutlaq rekord hisoblanadi.
Umumiy hisobda Messi professional karyerasi davomida barcha musobaqalarda 911 ta gol muallifiga aylandi. Shu gollarning 672 tasini "Barselona"da, 32 tasini "Pari Sen-Jermen"da, 90 tasini "Inter Mayami"da va 117 tasini Argentina terma jamoasi uchun urgan.
Argentina terma jamoasi 2026 yildagi jahon chempionatida chempionlik unvonini himoya qiladi. Messi boshchiligidagi terma jamoa mundialning "J" guruhida Jazoir, Avstriya va Iordaniya futbolchilariga qarshi maydonga tushadi.
"JCh-2026" AQSh, Kanada va Meksika hududida 11 iyundan 19 iyulga qadar o‘tkaziladi.

Fikrlar