Messi “Barsa”dan umidini uzdi. U ketishga tayyor

  • 15 avgust, 2020, 18:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

COPE agentligi Lionel Messi “Bavariya”dan faoliyatidagi eng yirik mag‘lubiyatni qabul qilib olganidan keyin, Kataloniya klubining boshqaruv tizimidan norozi tarzda jamoani tark etishga qaror qilgani haqida yozmoqda.

Tecno

Argentinalik hujumchi klub bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralarga qaytishdan bosh tortgan. U “Barselona” strukturasi o‘zgarib, jamoa rahbariyati almashgan taqdirdagina muzokara o‘tkazishi mumkinligini bildirgan.

Messining kataloniyaliklar bilan shartnomasi 2021 yilning yozida yakunlanadi. Bir necha oy oldin o‘zaro hamkorlikni davom ettirish bo‘yicha muzokaralar boshlangandi. Biroq, klub boshqaruv va bosh murabbiy qarorlaridan norozi bo‘lgan futbolchi uchrashuvlarni to‘xtatib qo‘ygan edi.

Messi joriy mavsumda 44 ta o‘yinda 31 ta gol urdi va 26 ta golli pas uzatdi. Hozircha, unga “Inter” qiziqmoqda. Milanliklarning homiylari bu futbolchiga to‘rt yillik shartnoma va yiliga 50 million evro maosh taklif qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!