
Messi “Barsa”ga zo‘r o‘yinchi topib berdi
“Barselona” kelasi mavsum oldidan hujum chizig‘ini kuchaytirish maqsadida uchli forvard olishni maqsad qilgan. Lionel Messi ketganidan beri kataloniyaliklar ko‘p gol ura oladigan futbolchiga ehtiyoj sezmoqda.
Anchadan beri futbol jamoatchiligi “Liverpul” bilan yangi shartnoma bo‘yicha kelisha olmayotgan Muhammad Salohning Kataloniyaga kelishini kutyapti. Biroq Lionel Messi sobiq klubiga misrlik hujumchi kerak emas degan fikrda.
Argentinalik yulduz “Barselona” rahbariyatiga “Liverpul”ning boshqa hujumchisi – Sadio Maneni olishni maslahat berdi.
Kataloniyaliklar Messining maslahatiga ko‘ra, senegallik hujumchi vakillari bilan aloqaga chiqdi. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Mane faoliyatini “Enfild”da davom ettirishga qaror qilgan.
Tez orada Sadio “Liverpul” bilan kelasi yili yakunlanadigan bitimni yangilashi aytilmoqda.
Fikrlar