
Messi beshinchi marta "Oltin butsa"ni qo‘lga kiritdi va yangi jahon rekordini o‘rnatdi
Kataloniyaning "Barselona" klubi forvardi Lionel Messi Evropa milliy chempionatlarida eng ko‘p gol urgan futbolchiga beriladigan “Oltin butsa” sovrinini qo‘lga kiritdi.
Qayd etish lozimki, 30 yoshli argentinalik futbolchi bu mavsum La Ligada o‘z nomiga 34ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi. Ikkinchi o‘rinni esa “Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh egalladi. Misrlik futbolchi hisobida 32ta gol mavjud.
Ta’kidlash kerakki, ushbu “Oltin butsa” Messining faoliyatidagi beshinchisi bo‘ldi. Bu esa yangi jahon rekordi hisoblanadi.
Fikrlar