
Messi: Bu ish bo‘lmaganida “Oltin to‘p” menga tegmas edi
O‘z faoliyati davomida sakkizinchi marta “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgan Lionel Messi mavsumning eng zo‘r futbolchisiga taqdim qilinadigan ushbu nufuzli sovrin nega aynan unga berilganini izohladi.
- Jahondagi barcha odamlarga minnatdorlik bildiradigan so‘zlarim bor. Ular butun faoliyatim davomida meni qo‘llab-quvvatladilar. Bu sovrinni aynan ularga, qolaversa, doim yonimda turgan oilamga bag‘ishlayman.
Bu “Oltin to‘p”ni Argentina terma jamoasidagi hamkasblarim va murabbiylar bilan ham baham ko‘raman. Ular bilan birga qo‘lga kiritilgan jahon chempionatidagi g‘alabasiz bu sovringa sazovor bo‘lishim imkonsiz edi, - dedi Lionel Messi.
Fikrlar