
Messi: Bu mening oxirgi "Oltin to‘p"im...
Argentinalik hujumchi Lionel Messi "Oltin to‘p"ni oxirgi bor qo‘lga kiritganiga ishonmoqda.
Eslatib o‘tamiz, kecha 36 yoshli forvard faoliyatida 8-marta "Oltin to‘p"ni qabul qilib oldi.
"Oltin to‘p" haqida uzoq vaqtdan beri o‘ylamagandim. "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritish men uchun hech qachon birinchi o‘rinda bo‘lmagan, ayniqsa hozir, faoliyatim davomida erishgan barcha yutuqlarimdan so‘ng va boshdan kechirgan boshqa daqiqalar bilan solishtirganda.
O‘ylashimcha, bu mening oxirgi “Oltin to‘p”im. Men erishish mumkin bo‘lgan hamma narsaga erishganimdan va sakkizta "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritgan yagona futbolchi ekanligimdan xursandman", - dedi Messi L’Équipe nashriga bergan intervyusida.
Fikrlar