"Messi buni hech qachon unutmaydi"

  • 28 sentabr, 2021, 18:22
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJning sobiq hujumchisi Nikolas Anelka "Lion" bilan o‘yinda Lionel Messining zaxiraga olinishi bilan bog‘liq vaziyat haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

"Men bu voqea nima uchun muhokama qilinayotganini tushunaman. "Oltin to‘p"ning 6 karra sohibi gol urmasidan avval maydonni tark etmasligi lozim.

Murabbiy hujumchiga unga ishonishini namoyon qilishi zarur. Balki, men biroz xato gapirayotgandirman, biroq Messi Pochettinoning bu ishini hech qachon unutmaydi. U buni abadiy eslab qoladi.

Leo jamoa yulduzi. O‘sha o‘yin uning uchun "Park de Prens"dagi birinchisi edi. Bunday vaziyatdan keyin hammasini tiklash juda qiyin bo‘ladi.

Messi "Metts"ga qarshi o‘ynamadi. Menimcha, bu uning Mauritsioga javobi. Leoga nisbatan bunday munosabatda bo‘lish to‘g‘ri emas", - dedi Anelka.

Qayd etish joiz, argentinalik futbol yulduzi bugun "Manchester Siti"ga qarshi o‘yin uchun qaydnomasiga kiritilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!