Messi Chaqirni mensimadi
"Barselona" forvardi Lionel Messi kecha Chempionlar ligasi 1/8 finalidan o‘rin olgan "Napoli"ga (3:1) qarshi o‘yindan so‘ng uchrashuv hakami Juneyt Chaqir bilan qo‘l berib xayrlashmadi.
Daily Mail nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 33 yoshli argentinalik futbolchi o‘yin yakunlangach “Napoli” futbolchilari bilan qo‘l berib ko‘rishgan, ammo Chaqirga kelganda “yo‘q” deb aytgan. Aytish lozimki, turkiyalik hakam birinchi bo‘limda Messining golini VAR’dan so‘ng bekor qilgan edi.
Endi “Barselona” 14 avgust kuni EChL chorak finalida “Bavariya”ga qarshi bahs olib boradi.

Fikrlar