Messi dubl qayd etgan o‘yinda PSJ g‘alaba qozondi, "Real" esa raqibini yanchib tashladi va boshqa natijalar

  • 20 oktabr, 2021, 02:04
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa Chempionlar ligasi 3-turidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar yakuniga etdi. 

O‘z maydonida "Leyptsig"ni qabul qilgan parijliklar mazkur o‘yinda 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. Avvaliga Mbappe hisobni ochgan bo‘lsa, Andre Silva va Mukiele o‘z gollari bilan nemislarni oldinga olib chiqdi. 66-daqiqada Messi hisobni tenglashtirdi. 74-daqiqada uning o‘zi penaltidan unumli foydalanib jamoasiga muhim g‘alabani taqdim etdi. 



Shuningdek, bu turda "Real" "Shaxtyor" maydoniga safar uyushtirib, yirik 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.

"Qirollik klubi" safida Vinisius dubl qayd etgan bo‘lsa, Benzema va Rodrigo bittadan gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Bundan tashqari Krivtsov avtogol muallifiga aylandi. 



O‘z maydonida "Borussiya Dortmund"ni qabul qilgan "Ayaks" kutilmaganda 4:0 hisobida g‘alaba qozondi. Gollarga Blind, Antoni mualliflik qildi. Shuningdek, Roys dastlabki golda o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘ydi. 



"Portu" - "Milan" 1:0



"Inter" - "Sherif" 3:1


 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!