
Messi ertaga MYuga qarshi o‘yinda ishtirok etadimi?
Kataloniyaning "Barselona" klubi bosh murabbiyi Ernesto Valverde o‘tgan hafta "Manchester Yunayted"ga qarshi bo‘lib o‘tgan “Old Trafford”dagi bahsda jarohat olgan hujumchi Lionel Messi ertaga xuddi shu jamoaga qarshi bo‘lib o‘tadigan javob uchrashuvida ishtirok etishini aytdi.
“Hozir Messida hammasi joyida va u ertangi bahsga tayyor”, - deydi Valverde.
Eslatib o‘tamiz, murabbiy argentinalik futbolchini La Liganing 32-turidan o‘rin olgan “Ueska”ga qarshi bahsda maydonga tushirmagan va unga dam bergan edi.
Ma’lumot uchun, “Barselona” – MYu uchrashuvi ertaga Toshkent vaqti bilan soat 00:00da boshlanadi.
Fikrlar