
Messi faoliyatidagi beshinchi "Oltin butsa"ni qo‘lga kiritib, Ronalduni ortda qoldirishga juda yaqin turibdi
Kataloniyaning “Barselona” klubi forvardi Lionel Messi faoliyatidagi navbatdagi “Oltin butsa”ni yutishga juda yaqin turibdi.
Angliya va Germaniyada mavsum yakunlangach faqatgina Chiro Immobile ("Latsio"), Edinson Kavani (PSJ) va Mauro Ikardi ("Inter") kabi futbolchilar Messini ushbu sovrindan mosuvo qilishlari mumkin. Ammo buning uchun Immobile A Seriyaning so‘nggi turida raqiblari darvozasiga 5ta gol urishi lozim bo‘lsa, Kavani va Ikardi mavsumni yakunlab beruvchi uchrashuvda o‘z hisobiga 6tadan gol yozdirib qo‘yishi kerak. Aks holda argentinalik futbolchi o‘zining faoliyatidagi beshinchi “Oltin butsa”ni qo‘lga kiritadi.
Ta’kidlash lozimki, “Barselona”ni oldinda 20 may kuni “Real Sosedad”ga qarshi bahs kutil turibdi. Agar Messi ushbu bahsda ham gol urishini tahmin qilsak, unda ushbu mukofotni yutish imkoniyatlari juda yuqori. Voqealar rivoji shunday yakun topsa, Messi bu borad "Real" hujumchisi Krishtianu Ronalduni (4ta) ortda qoldirishi mumkin.
Fikrlar