Messi Germaniyaning JChni tark etganidan hayratda qoldi
Lionel Messi Germaniya terma jamoasining jahon chempionatini tark etganidan hayratda qoldi.
«Germaniya terma jamoasining jahon chempionatidan chiqib ketganiga hayron bo‘ldim, chunki kuchli futbolchilar va yosh iqtidorlari ko‘p jamoaning turnirni tark etishi achinarli.
Biroq, Germaniya har doim eng yaxshilar qatorida qoladi. Germaniyaning yana guruh bosqichida qolib ketganidan hayratda qoldim.
Bu JCh juda qiyin turnir ekanligini yana bir bor isbotladi. Jamoalar teng darajada, katta nomlar endi muhim emas. Har gal turnirdagi jamoalarning kuchi tobora tenglashib boraveradi», - dedi Messi.

Fikrlar