
Messi gol urishda Ronaldudan o‘zib ketdi
Frantsiya chempionatining 37-turida “Strasbur” darvozasini ishg‘ol qilgan qilgan Lionel Messi kuchli beshlik ligalarida gol urish bo‘yicha yaqqol peshqadamga aylandi.
Umumiy hisobda, argentinalik yulduzning kuchli beshlik chempionatlarida urgan gollari soni 456 tani tashkil qildi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Messi portugaliyalik to‘purar Krishtianu Ronaldudan bitta golga o‘zib ketdi.
Messi bu gollarni Ispaniya va Frantsiya chempionatlarida urgan. Ronaldu esa, Angliya, Italiya va Ispaniya chempionatlarida raqiblar darvozasini 455 marotaba ishg‘ol qilgan.
Messida oradagi farqni oshirish imkoni bor. Buning uchun u faoliyatini kuchli beshlik ligalarida davom ettirishi kerak. Krishtianu Ronaldu esa, 2025 yilgacha Saudiya Arabistoni chempionatida to‘p tepadi.
Fikrlar