Messi haqida gapirishga uyalaman!

  • 6 mart, 2023, 19:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Argentinaning “Nyuells Old Boyz” jamoasi bosh murabbiyi Gabriel Xayntse klub tarbiyalanuvchisi Lionel Messining kelishi haqidagi xabarlarga o‘z munosabatini bildirdi.

Tecno

- Messi haqidagi savollar meni hayron qoldiradi va Leo haqida gapirishga uyalaman. Uning jamoaga qaytishi yoki qaytmasligini faqat bir kishi – uning o‘zi hal qiladi. Hech kimda uni qaytarish majburiyati yo‘q va tanlovni Messining o‘zi amalga oshiradi.

Iltimos, Messini o‘z holiga qo‘yinglar. U bizlarni xursand qilishda davom etsin va o‘zini qaerda baxtiyor his qilsa, o‘sha jamoada o‘ynayversin, - dedi Gabriel Xayntse.

35 yoshli Messining PSJ bilan amaldagi shartnomasi mavsum oxirida yakuniga etadi. Hozircha, Leo faoliyatini qaerda davom ettirishi bo‘yicha bir qarorga kelmagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!