Messi ikki jamoadan qo‘rqyapti
PSJ va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi o‘z hamyurtlarini jahon chempionatida g‘olib chiqishiga ishonib qolmaslikka chaqirdi.
35 yoshli futbolchi Qatarga boradigan jamoalar orasida ancha qudratlilari borligini ta’kidlamoqda.
- Har qanday raqib o‘ziga yarasha kuchli. Bizda Evropa mamlakatlari terma jamoalari bilan o‘ynash tajribasi katta emas. Lekin o‘sha terma jamoalarga ham biz bilan o‘ynash yoqmaydi. Evropaliklar janubiy amerikaliklarga qarshi bahslarda ancha qiynaladi.
Biroq, xalqning behad katta umidlari va o‘zimizni oldindan chempion sifatida his qilayotganimizga ishonib qolmasligimiz kerak. Turnirda bosqichma-bosqich ilgarilash zarur.
Frantsiya tarkibi va murabbiyi bilan odamni dahshatga solmoqda. Shuningdek, Braziliya terma jamoasi tarkibi ham sifatli futbolchilardan tuzilganini inobatga olish kerak. Ularga barqarorlik etishmagani bilan safda Neymar bor, - dedi Lionel Messi.

Fikrlar