Messi kelajagi bo‘yicha bir qarorga keldi: Muxlislarga syurpriz bor!
Sakkiz karra “Oltin to‘p” sohibiga aylangan Lionel Messi faoliyatini yakunlashga yaqin ekani haqidagi xabarlar o‘z tasdig‘ini topgani yo‘q. Argentinalik yulduz kelajagi bo‘yicha yakuniy qarorga keldi.
Jurnalist Nacho Garsiyaning ma’lum qilishicha, 38 yoshli to‘purar “Inter Mayami” bilan yangi hamkorlik shartnomasi bo‘yicha kelishib oldi.
Manbaga ko‘ra, Messiga ikki yillik bitim beriladi. Messi istasa, yana bir yil jamoada to‘p tepishi mumkin. Buyog‘i uning o‘sha paytdagi holatiga bog‘liq bo‘ladi.
Eng muhimi, shartnomaning qo‘shimcha optsiyalari ham kelishildi. Messi futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan keyin “Inter Mayami”da o‘z ulushiga ega bo‘ladi va klub xo‘jayinlari qatoriga qo‘shiladi. Bu qadam “Inter Mayami”ning AQSh futbolidagi mavqeini oshirish maqsadida tashlangani aytilmoqda.
Leo “Inter Mayami”da 2023 yildan beri o‘ynab keladi va uning amaldagi shartnomasi 31 dekabrgacha tuzilgan edi. Joriy mavsumda tajribali o‘yinchining MLSda 22 ta uchrashuvda 22 ta gol urgani va 10 ta assist qayd etgani hali hamon Messi yuqori sport formasini ushlab turganidan dalolat beradi.
Fikrlar