
Messi klub miqyosidagi 300-assistini amalga oshirdi
Argentina terma jamoasi va PSJ hujumchisi Lionel Messi kecha Liga 1 doirasidagi "Brest"ga qarshi o‘yinda (2:1) klub miqyosida faoliyatidagi 300-assistentini amalga oshirdi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlarida xabar berdi.
Parijliklar kechagi o‘yinda so‘nggi daqiqalarda Mbappening goli evaziga g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘lishdi. Bu to‘pni Kilianga Messi uzatib berdi.
Eslatib o‘tamiz, Leo joriy mavsum Frantsiya chempionatida 22 bahsda qatnashib, 13 ta gol va 13 assistni rasmiylashtirgan.
Fikrlar