Messi Kumanning kelajagini “Barsa”da ko‘rmayapti

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Barselona” sardori Lionel Messi klubning yangi murabbiyi Ronald Kumanni kelayotgan yillar davomida “Kamp Nou”da ko‘rishiga shubha qilmoqda.  Kechagina o‘z ta’tilini to‘xtatib, gollandiyalik mutaxassis bilan uchrashish uchun klub qarorgohiga kelgan argentinalik superyulduz bu qarorni qabul qilgan.

O‘z navbatida, Bartomeu ham 6 karra dunyoning eng kuchli futbolchisi Messi tomonida turishi ehtimoli yo‘q emas. Leo esa Kataloniyaga sobiq jamoadoshi Xavining qaytishini talab qilmoqda. Aks holda, unga qiziqayotgan jamoalar taklifini jiddiy o‘ylab ko‘rishi mumkinligi bilan ogohlantirdi.

33 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi 2021 yilda o‘z yakuniga etadi. Hozirda Messi hamda “Barselona” o‘rtasidagi muzokaralar chigal vaziyatda qolib ketgan. Ayniqsa, Chempionlar Ligasi chorak finalida “Bavariya”dan qabul qilib olingan mag‘lubiyatdan keyin jamoada o‘zgarishlar bo‘lishi xabar qilingan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!