
Messi menga qo‘ng‘iroq qildi va uzr so‘radi
JCh-2022 chorak finalida Argentina 2:2 hisobidagi durangdan so‘ng Niderlandiyani penaltilar seriyasida mag‘lub etdi. O‘sha o‘yindan so‘ng futbol jamoatchiligi ispaniyalik hakam Antonio Mateu Laos ishini faol muhokama qilishdi. Har ikki terma jamoada ham unga nisbatan shikoyatlar bor edi.
Laos xabariga ko‘ra, Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi undan uzr so‘ragan.
"Leo Messi menga qo‘ng‘iroq qildi va JChda Niderlandiyaga qarshi o‘yin oldidan va keyin aytgan qattiq so‘zlari uchun uzr so‘radi", - deya Laosning so‘zlarini keltiradi "CentreGoals" nashri. Messi aynan qachon qo‘ng‘iroq qilgani esa aytilmagan.
Eslatib o‘tamiz, JCh-2022 finalida Argentina terma jamoasi Frantsiyani mag‘lub etgandi.
Fikrlar