Messi mundialda gol urish bo‘yicha Kloze rekordini takrorladi
Leo Messi jahon chempionatlari tarixida yana bir rekordga tenglashdi. Argentina terma jamoasi yetakchisi Miroslav Kloze o‘rnatgan ko‘p gol urgan futbolchi rekordini takrorlab, o‘z hisobidagi to‘plar sonini 16 taga yetkazdi.
Messi bu natijaga 2026 yildgi jahon chempionatining birinchi uchrashuvida erishdi. Jahon birinchiligida oltinchi marta maydonga tushayotgan argentinalik hujumchi shu bilan yana bir tarixiy ko‘rsatkichga ega bo‘ldi — bu qadar ko‘p mundialda ishtirok etgan futbolchi hozircha yo‘q.
Argentina terma jamoasi “J” guruhi birinchi turida Jazoirga qarshi maydonga tushdi va 3:0 hisobida ishonchli g‘alaba qozondi. Uchala gol ham Leo Messi hissasiga to‘g‘ri keldi — u xet-trik qayd etdi.
Birinchi gol 17-daqiqada Rodrigo de Paulning uzatmasidan so‘ng urildi. Ikkinchi to‘p 60-daqiqada Messining shaxsiy mahorat namoyishi orqali kiritildi. 76-daqiqada esa u Nikolas Gonsalarning pasidan keyin uchinchi golni ham Aljir darvozasiga joyladi.
Shu tariqa, Messi jahon chempionatlari tarixida 16 ta gol bilan Miroslav Klozega yetdi. Undan keyingi o‘rinlarda braziliyalik Ronaldo (15 gol), germaniya Gerd Myuller (14) va fransiyalik Kilian Mbappe (14) qayd etilgan. Mbappe ham hozirgi jahon chempionatida ishtirok etmoqda.
2026 yildgi jahon chempionati ilk bor 48 ta terma jamoa ishtirokida va uch davlat — AQSh, Kanada va Meksika hududida o‘tkazilmoqda. Musobaqa 19 iyul kuni yakunlanishi rejalashtirilgan.

Fikrlar