Messi nega "Barselona" bilan shartnoma imzolamadi? Muammo nimada?

  • 21 iyul, 2021, 07:55
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Leoning yangi bitim imzolashi borasidagi mish-mishlar urchib ketganiga qaramay, kelishuvdan darak yo‘q. Kopa Amerika musobaqasi yakunlanganiga bir haftadan oshdi, biroq Messi yangi shartnomaga qo‘l qo‘ygani haqida ma’lumotga ko‘zimiz tushmadi. Buning sababi nima?

Yanvar oyidan beri klubda muammo

lgeprlgeprlgperl

Yodingizda bo‘lsa, yanvar oyida "Barselona"ning juda katta qarzdor ekanligi haqida ma’lumot bergan edik. Klub o‘z moliyaviy ahvolini ma’lum qilganida, ko‘pchilik hayron qolgani rost. Umumiy hisobda 1,2 milliard evro qarzdor jamoa futbolchilariga maosh to‘lay olmay qolgandi. Natijada, bankdan kredit olindi.

Klub transferlar uchun umumiy hisobda 126 million evro to‘lab berishi kerak. Koutino uchun hali "Liverpul" g‘aznasiga 29 million evro o‘tkazib berish lozim. Jamoaning moliyaviy ahvoli og‘ir ekanligi barchaga oshkor qilinganidan ko‘p o‘tmay, "El Mundo" nashri olovga kerosin quyib yubordi.

Manba Leo Messining "Barselona" bilan tuzgan shartnomasining ayrim bandlarini oshkor qildi. Ma’lumotlarga qaraganda, 4 yil ichida argentinalik futbolchi qarz botqog‘iga botib qolgan klubdan 555 million evro maosh olishi kerakligi ko‘rsatilgan edi.

Nega shartnoma haligacha tuzilgani yo‘q?

eglrpgerpgkerkge

La Liga o‘z qonunlariga ega. Maoshlar borasidagi bandga ko‘ra, ma’lum miqdordan ortiq summani ro‘yxatdan o‘tkazishning imkoni yo‘q. 2019/2020 yilda klubning maoshlar borasidagi bir mavsumlik umumiy xarajati 671 million evroni tashkil etdi. Bugunga kelib, summani 383 millionga qadar qisqartirish talab etilmoqda. Ispaniya klublari bir yillik daromadidan kelib chiqib futbolchilariga maosh berishi mumkin. Chempionat vakillari shu tariqa kichik byudjetli jamoalarni bankrotlikdan saqlab qolishga urinadi. Bugungi "Barselona" o‘z daromadlarining 110 foizini futbolchilariga maosh tariqasida bo‘lib bermoqda. Shu bois, yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan. Rahbariyat shu vajdan bir nechta futbolchilarni ijaraga qo‘yib yubordi. Ayrimlar transferga qo‘yildi, lekin qolganlar fonida bu rokirovka deyarli ahamiyatsiz.

Jamoa elkasida yuk bo‘lib turgan Umtiti, Pyanich va Koutino kabi futbolchilarning maoshi juda baland. Klub 3 futbolchidan biri bilan shartnomani bekor qilishi shart. Aks xolda, Messi bilan yangi bitim tuzish imkonsiz. "Diario Sport" nashri bergan ma’lumotlarga qaraganda, Leo o‘z maoshi 50 foizga qadar kamayishiga rozi bo‘lgan. Manbaning ma’lum qilishicha, Messi klub bilan 5 yillik shartnoma imzolash niyatida. Qahramonimiz yangi shartnoma bandiga ko‘ra birinchi mavsumda yiliga 20 million evro evaziga to‘p surishga rozi bo‘lgan. Bundan avvalgi bitimda Leoning yillik maoshi 100 milliondan ko‘proq edi.

"Barselona" nima qila oladi?

leprlgperlgpelrg

Kataloniya klubi vaziyatdan katta talofatsiz chiqib ketish ilinjida. Rahbariyat Konrad De La Fuente, Jan-Kler Todibo, Xuan Firpo, Matues Fernandes, Fransisko Trinkanlarni qo‘yib yubordi.
Klub endi Umtiti, Pyanich va Koutinodan birini transferga qo‘yadi. Bundan tashqari, Buskets, Alba va Robertolarning maoshi keskin kamaytiriladi. Ularni qo‘yib yuborish qo‘pol xato ekanligini tushunib turgan rahbarlar "qariyalar"dan klub uchun yordam berishini so‘raydi. Shuningdek, Dest va Arauxolarning ijara asosida bir mavsum boshqa jamoaga yo‘l olishi ehtimoli ham yuqori.

Hozir klub ixtiyotidagi hujumchilar soni ortib ketdi: Aguero, Messi, Depay, Grizmann, Breytueyt, Dembele va Fati. Ispan nashrlarining ma’lum qilishicha, klub Grizmanni "Atletiko"ga qaytarish rejasini tuzmoqda. Laporta Saulni qo‘lga kiritish ilinjida Antuanni "qurbon" qilishga tayyor.

Shuningdek, yana bir imkon mavjud. Prezident jamoani qutqarib qolish maqsadida "Barca Corporate"ning 50 foiz aktsiyasini sotuvga qo‘yishi mumkin. Bugungi "Barselona" boshqacha uslubda pul ishlab topishi deyarli imkonsiz. Agar Laporta tavakkalga qo‘l ursa, kamida 500 million evro ishlab oladi. Bu jamoadagi ko‘plab muammolarni bartaraf etish imkonini yaratadi. Hozircha, maoshlar va klub foydasi o‘rtasida rezonans mavjud. Shunday ekan, Messi jonajon klubi bilan yangi shartnoma imzolay olmaydi.

Ya.U

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!