
Messi: “Oltin to‘p”ga men munosibman!
“Pari Sen-Jermen” va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi o‘tgan yili “Oltin to‘p” sovrini polshalik Robert Levandovski emas, balki o‘ziga berilganiga fikr bildirdi.
- Har kim istagan narsasini gapirishi va o‘z fikrini bildirishi mumkin. Rostini aytsam, Levandovskining “Oltin to‘p” haqidagi gaplariga e’tibor bermadim. Bu menga qiziq emas.
Mening o‘sha paytda Robertga aytgan gaplarim chin dildan chiqqan edi, chunki o‘sha paytda hissiyotlarim shunday bo‘lgan.
Men o‘shanda Levandovski “Oltin to‘p”ga bir yil oldingi mavsumda loyiq bo‘lganini aytganman va o‘zim sovrinni qo‘lga kiritgan yili eng zo‘ri u emasdi, - dedi Lionel Messi.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yili koronavirus pandemiyachi tufayli “Oltin to‘p” taqdimi o‘tkazilmagan. O‘shanda ko‘plab muxlisu mutaxassislar bu yutuqqa aynan Robert Levandovski loyiqligini ta’kidlashgan edi.
Fikrlar