Messi: "Oltin to‘p"ni ettinchi bor menga berish jinnilik!

  • 1 noyabr, 2021, 16:47
  • Javokhir Azimov
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ hujumchisi Lionel Messi joriy mavsum "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritish imkoniyatlarini baholadi

Tecno

— Ettinchi bor bu sovrinni yuta olasizmi? Kim favorit?

— Rostini aytsam, bunday deb o‘ylamayman. Men uchun eng katta sovrin terma jamoam bilan erishgan yutug‘im. Bunga erishish uchun ko‘p yillar davomida kurashganman. Argentina bilan "Kopa Amerika"da g‘alaba qozonish bu eng yaxshisi.

Agar sovrinni men olsam, bu g‘ayrioddiy narsa bo‘ladi. "Oltin to‘p"ni ettinchi bor menga berish jinnilik! Aksincha bo‘lsa, hech nima bo‘lmaydi. Men eng katta orzularimdan biriga allaqachon erishdim. Endi nima bo‘lishi kerak bo‘lsa, amalga oshsin",-dedi argentinalik futbolchi.

Ma’lumot uchun, Messi bu sovrinni qo‘lga kiritish bo‘yicha rekordchi hisoblanadi. Uning hisobida 6 ta "Oltin to‘p" bor. Leoning eng yaqin ta’qibchisi Ronaldu 5 bor yilning eng yaxshi futbolchisi, deb topilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Anvar Abduazizov
01/11/2021 18:33
Ha o‘zi ham tan oldi senga oltin to‘pni berishmoqchi emas hali ham gol urolmay yugurib yuribdi oltin to‘pga balo bormi
Davron Jenjayev
02/11/2021 16:24
Hozir gol urib yurganlarni oltin tupini sannenchi nechta ekan xaxaxa