Messi "Orlando Siti"ga qarshi bahsda jarohat qaytalanishidan qo‘rqqanini aytdi

  • 28 avgust, 20:31
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Inter Mayami" yulduzi Lionel Messi Liga Kubogi yarim finalida "Orlando Siti"ga qarshi bahsda (3:1) dubl muallifi bo‘ldi.

Tecno

Biroq, argentinalik yulduz uchrashuvdan keyin maydonga tushish oldidan jarohat qaytalanishidan xavotirlanganini tan oldi.

"Men o‘ynashni juda xohladim. 17 avgust kuni "Los-Anjeles Gelaksi"ga qarshi maydonga qaytganimda biroz noqulaylik his qilgandim, lekin o‘ynashni xohladim.

Bu o‘yin biz uchun juda muhim edi, chunki raqib bu yil ikki marta bizni enggan edi. Birinchi taymda biroz xavotirda bo‘ldim, ammo keyin o‘zimni ancha erkin his qila boshladim", – argentinalik afsonaviy futbolchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!