
Messi: "PSJ muxlislariga minnatdorchilik bildiraman"
Messining PSJdan ketishi aniq bo‘lib ulgurdi. Uning klubni tark etishini Parij jamoasi ham e’lon qildi. Argentinalik hujumchi ushbu xabardan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Bu ikki yil davomida klubga, Parij shahriga va uning aholisiga rahmat aytmoqchiman. Men ularga eng yaxshi tilaklarimni bildirib qolaman", - dedi Messi.
Eslatib o‘tamiz, Lionel 2021 yilda erkin agent sifatida PSJga kelib qo‘shilgandi. Uning jamoa bilan tuzgan 2 yillik shartnoma muddati tugadi va yangi bitim imzolanmadi. Endilikda, hujumchi sobiq klubi "Barsa"ga qaytishi ham mumkin.
Fikrlar